17:47 / 07.09.2020
2 608

Habib Nurmagomedov: Meni Konor Makgregor bilan revansh jangi mutlaqo qiziqtirmaydi

Habib Nurmagomedov: Meni Konor Makgregor bilan revansh jangi mutlaqo qiziqtirmaydi
Foto: Getty Images
Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov Konor Makgregor bilan revansh jangi haqida gapirdi.

- "Bu men uchun mutlaqo qiziq emas. Albatta, qandaydir ehtimollik darajasi bor. Oldinda meni jang kutmoqda. Raqibim kuchli va faol. Makgregor haqida o‘ylamayman ham. Bajarishim kerak bo‘lgan hamma narsani 2018 yil 6 oktabrda qilganman. Atrofdagilarning nima deyayotgani menga umuman qiziq emas. To‘r ichida raqib sifatida u menga hech qanday qarshilik ko‘rsata olmasligini isbotlaganman", - deydi Habib Nurmagomedov.

Qayd etish joiz, Nurmagomedov UFC 254 musobaqasida amerikalik Jastin Getji bilan to‘qnash keladi. Jang 24 oktabr sanasiga belgilangan.
Habib va Makgregor o‘rtasidagi to‘qnashuv 2018 yil oktabr oyida bo‘lib o‘tgan. O‘shanda rossiyalik sportchi to‘rtinchi raundda bo‘g‘ish usulini muvaffaqiyatli qo‘llab, yengil vazn toifasida UFC kamarini himoya qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Habib Nurmagomedov: Meni Konor Makgregor bilan revansh jangi mutlaqo qiziqtirmaydi