00:23 / 10.09.2020
2 812

Odil Ahmedov nega "Shanxay SIPG"ni tark etmoqda? Buning sababi ma’lum qilindi

Odil Ahmedov nega "Shanxay SIPG"ni tark etmoqda? Buning sababi ma’lum qilindi
Bugun Xitoyning "Shanxay SIPG" klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov mamlakatning boshqa jamoasiga ko‘chib o‘tayotgani borasida xabar bergandik.
Ko‘pchilikda hamyurtimiz nega shanxayliklar safini tark etib, turnir jadvalining oxirgi o‘rinlarida borayotgan "Tyanszin Teda"ga ko‘chib o‘tayotgani borasida savol paydo bo‘lmoqda.

Xitoy nashrlarining yozishicha, "Shanxay SIPG" klubi Angliya Premer ligasi vakili "Brayton" yarim himoyachisi Aaron Muyni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu futbolchi esa Odil Ahmedovning pozitsiyasida to‘p tepadi. Xitoyliklar avstraliyalik xavbek uchun 4 million yevro sarflashdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardorining "Shanxay SIPG"ni tark etishi sabablaridan biri sifatida jamoaga Muyni olib kelingani, deb yozmoqda mahalliy nashrlar.

"Tyanszin Teda" klubiga ayni paytda Janubiy Koreya milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi germaniyalik Uli Shtilike bosh murabbiylik qilmoqda. Odil Ahmedov 10 sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan 10-turgi bahsdan keyin "Tyanszin Teda" safiga borib qo‘shiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Odil Ahmedov nega "Shanxay SIPG"ni tark etmoqda? Buning sababi ma’lum qilindi