11:05 / 11.09.2020
852

Rasmiy xabar: Odil Ahmedov "Tyanszin Teda" futbolchisiga aylandi

Rasmiy xabar: Odil Ahmedov "Tyanszin Teda" futbolchisiga aylandi
"Tyanszin Teda" bugun Odil Ahmedovning transferini e’lon qildi.

- Bu klub ayni damda Xitoy Superligasidagi 10ta o‘yinda atigi 1 ochko (!) jamg‘argan holda so‘nggi o‘rinni band etib turibdi. Jamoa bu davr mobaynida 7ta gol urib, o‘z darvozasidan 25ta to‘p olib chiqqan.
- Bunga qadar ushbu jamoada o‘zbekistonlik o‘yinchilardan Zayniddin Tojiyev, Farhod Tojiyev va Aleksandr Kletskov o‘ynagan.
- Germaniyalik taniqli mutaxassis Uli Shtilike (muxlislarga Janubiy Koreya termasidagi faoliyati orqali ko‘proq tanish) bu jamoaga 2017 yilning 11 sentabrida kelgan edi. Ammo, salbiy natijalar tufayli bundan biroz oldinroq, aniqrog‘i shu yilning 19 avgustida iste’foga chiqarilgan.
- Ushbu klub XXI asrda faqatgina bitta sovrin yutgan xolos: 2011 yil - Xitoy Kubogi.
- "TEDA Holding"ga tegishli ushbu klub uy o‘yinlarini 37,450 muxlis sig‘imiga ega stadion (TEDA Football Stadium)da o‘tkazadi.

- Klub 3 mavsum OCHLda o‘ynagan - 2009, 2011 va 2012. "Teda" 2012 yil guruhdan 2-o‘rinni olib chiqqan, ammo pley-offdagi ilk o‘yinda "Chonbuk"ga imkoniyatni boy bergan.
- Jamoada 4 nafar legioner harakat qiladi. Bular:

Frank Achimpong - 26 yoshli ushbu futbolchi Belgiyaning "Anderlext" klubida 2013-2017 yillar davomida 100dan ortiq o‘yinlarda maydonga tushgan, shundan so‘ng Xitoy klubiga o‘tgan. Belgiyaga qadar esa "King Faysal Beybs", "Berekum Chelsi" (ikkisi ham Gana jamoalari) va "Buriram Yunayted"da o‘ynagan. 2012 yildan beri Gana terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

Sandro Lima - bunga qadar Braziliya va Portugaliya klublarida o‘ynagan Lima 2020 yilda ushbu klub futbolchisiga aylangan.

Jonatan - 30 yoshli strayker 2018 yilda ushbu klubga kelgan. 2016-2017 yillarda ijara asosida "Suvon Samsung" ("Sport Resife"dan)da harakat qilgan o‘yinchini xitoyliklar xarid qilishga qaror qilishgan.

Feliks Bastians - "Teda"da 2018 yildan beri harakat qiladigan ushbu hujumkor futbolchi Yevropadan Osiyoga kelgan. "Nottingem Forest" tarbiyalanuvchisi faoliyatini bunga qadar asosan Angliya va Germaniyada o‘tkazgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)