17:44 / 12.09.2020
1 933

Neymar Puma yuziga aylanadi

Neymar Puma yuziga aylanadi
PSJ forvardi Neymar tez orada Germaniyaning Puma kompaniyasi bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda Esporte Interativo nashri xabar tarqatmoqda.

28 yoshli braziliyalik futbolchi shunchaki shartnoma imzolamaydi, u kompaniyaning yuziga aylanadi. Neymar o‘zining Instagram sahifasida Puma’ning rasmiy akkauntiga obuna bo‘lish orqali yaqinda imzolanadigan bitimga shama qildi.

Neymar uzoq yillar davomida AQSHning Nike kompaniyasi bilan hamkorlik qilgan. Ular o‘tgan oy o‘zaro kelishgan holda amaldagi shartnomani bekor qilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Neymar Puma yuziga aylanadi