22:11 / 12.09.2020
2 656

"Paxtakor"ga qarshi o‘yin oldidan "Al Hilol"ning 5 futbolchisida koronavirus aniqlandi

"Paxtakor"ga qarshi o‘yin oldidan "Al Hilol"ning 5 futbolchisida koronavirus aniqlandi
Osiyo futbol Konfederatsiyasi Qatar Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda Chempionlar ligasi (g‘arbiy mintaqa)da ishtirok etadigan jamoalarni Dohaga kelishlari bilan aeroportning o‘zida COVID-19 uchun test nazoratidan o‘tkazishdi. Unga ko‘ra, test javoblari chiqmagunga qadar hech kim mehmonxonadan tashqariga chiqmasligi kerak.

Bugun ana shu test natijalari shuni ko‘rsatdiki, Saudiya Arabistonining "Al Hilol" jamoasidan 5 nafar futbolchi va rahbariyatidan 1 nafar xodimning koronavirusga topshirgan testi ijobiy chiqqan. Bundan tashqari, Qatarning "Al Duhayl" jamoasi futbolchisi (1 nafar)da ham virus aniqlangan.

Yuqoridagi har ikki klubga ham kerakli tibbiy yordam va xizmat ko‘rsatilmoqda. Test natijalari ijobiy chiqqanlar esa karantinga olingan va tibbiyot xodimlari nazoratidalar. Sababi, buni musobaqa uchun qabul qilingan COVID-19 xavfsizlik choralari va protokollari talab etadi.

Eslatib o‘tamiz, "Al Hilol" OCHLning "B" guruhida "Paxtakor" bilan birga joy olgan. 14 va 17 sentabr kunlari aynan ular o‘zaro o‘yin o‘tkazishlari kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor"ga qarshi o‘yin oldidan "Al Hilol"ning 5 futbolchisida koronavirus aniqlandi