11:30 / 13.09.2020
638

UFC. Mishel Uoterson Anjela Hilldan ustun keldi, Azaytar 1-raunddayoq Hama Vortini nokautga uchratdi

UFC. Mishel Uoterson Anjela Hilldan ustun keldi, Azaytar 1-raunddayoq Hama Vortini nokautga uchratdi
Foto: Getty Images
AQSHning Las-Vegas shahrida Toshkent vaqti bilan 13 sentabr tongida UFC Vegas 10 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Kechaning asosiy jangida Mishel Uoterson hakamlar qaroriga ko‘ra Anjela Hilldan ustun keldi.

Yana bir markaziy janglardan biri Ottman Azaytar va Hama Vorti o‘rtasida kechdi. Unda marokashlik yakkakurashchi 1-raunddayoq raqibini nokautga uchratdi. Asosiy kard natijalari bilan tanishing:

- Mishel Uoterson ochkolar hisobida (47:48, 49:46, 48:47) Anjela Hilldan ustun keldi;
- Ottman Azaytar 1-raunddagi texnik nokaut evaziga Hama Vortini yengdi;
- Roksann Modafferi ochkolar hisobida (29-28, 29-28, 29-28) Andrea Lidan ustun keldi;
- Ed Herman 3-raundda og‘ritish usulini qo‘llab Mayk Rodrigesni taslim etdi;
- Bobbi Grin ochkolar hisobida (30-27, 30-27, 30-27) Alan Patrikni mag‘lubiyatga uchratdi;
- Billi Kuarantillo 3-raundda Kayl Nelsonni nokautga uchratdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)