07:00 / 14.09.2020
2 653

Ronald Kuman «Barselona»dan Muhammad Salohni sotib olishni so‘radi

Ronald Kuman «Barselona»dan Muhammad Salohni sotib olishni so‘radi
Foto: Goal
«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman klub rahbariyatidan «Liverpul» hujumchisi Muhammad Salohni sotib olishni so‘radi, deya xabar bermoqda Daily Express.

Manbaga ko‘ra, niderlandiyalik mutaxassis tarkibni kuchaytirish maqsadida Salohga yaxshi taklif bilan chiqmoqchi.
Biroq kataloniyaliklar uchun Salohni qo‘lga kiritishga yetarli bo‘lgan mablag‘ni topish qiyin masala bo‘lishi ta’kidlanmoqda.

Ma’lumot uchun, Saloh 2017 yildan beri «Liverpul» sharafini himoya qilib keladi. «Qizillar» tarkibida u Chempionlar Ligasi, UYEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati bosh sovrinini qo‘lga kiritgan, shuningdek, Saloh o‘tgan mavsumda Angliya chempionatida jamoasi bilan g‘olib bo‘ldi. 2020/21 yilgi mavsumning ilk o‘yinida esa hujumchi o‘z nomiga 3 ta gol yozdirib qo‘ydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronald Kuman «Barselona»dan Muhammad Salohni sotib olishni so‘radi