17:58 / 14.09.2020
3 143

“Liverpul” kutilmagan yo‘l tutdi

“Liverpul” kutilmagan yo‘l tutdi
Angliya chempionligi unvonini himoya qilayotgan “Liverpul” anchadan buyon klub nishonida turgan “Bavariya” yarim himoyachisi Tyago Alkantara transferidan voz kechdi. Bundesliga jamoasi bir necha oydan keyin erkin agentga aylanadigan futbolchi uchun 30 million yevro atrofida badal puli talab qilayotgan edi.

Yurgen Klopp ispaniyalik yarim himoyachi o‘rniga 4,5 yildan buyon boshqa jamoalarda ijarada yurgan futbolchi Marko Gruyichni ortga qaytarishga qaror qildi.

Ana maqsadda liverpulliklar “Gerta” jamoasining Gruyichni sotib olish bo‘yicha 20 million funtlik taklifini qabul qilmadi. 24 yoshli serbiyalik futbolchi katta ehtimol bilan “Liverpul”ga qaytib keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Liverpul” kutilmagan yo‘l tutdi