20:39 / 16.09.2020
1 926

"Bunyodkor" 10 kishi bo‘lib qolgan "Mash’al"ni arang taslim etdi

"Bunyodkor" 10 kishi bo‘lib qolgan "Mash’al"ni arang taslim etdi
O‘zbekiston Coca Cola Superligasi 15-turidan o‘rin olgan "Mash’al" va "Bunyodkor" jamoalari o‘rtasidagi bellashuv o‘z yakuniga yetdi. Uchrashuvda "qaldirg‘ochlar" 2:1 hisobidagi qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi.

E’tiborlisi, uchrashuvning 2-daqiqasidayoq muborakliklar posboni Davron Anvarov "so‘nggi umid" foli sabab maydondan chetlatildi. Penaltidan hisobni ochgan toshkentliklar bo‘lim o‘rtalarida Qo‘ziyevning chiroyli zarbasini o‘tkazib yubordi.

Ikkinchi taymda To‘xtasinov ham olis masofadan Nosirov postini ishg‘ol qildi. Shu tariqa, Abramov shogirdlari hisobidagi ochkolar 29 taga yetdi.

"Mash’al" – "Bunyodkor" 1:2
Gol:
Xurshid G‘iyosov 4, - 0:1, Sirojiddin Qo‘ziyev 30, 1:1, Nurillo To‘xtasinov 69, 1:2

"Mash’al": 35.Rahimjon Davronov, 5.Najmiddin Normurodov, 7.Ifeani Ifeani, 9.Nikita Pavlenko (1.Botir Nosirov, 3.), 10.Sherzod Temirov (99.Jahongir Abdusalomov), 17.Jamoliddin Ubaydulloyev, 18.Abbos Shodmonov ( 77.Ibrohim No‘’monov), 19.Sardor Abduraimov, 22.Sirojiddin Qo‘ziyev, 23.Samandar Shukurullayev, 29.Humoyun Murtozayev (27.Sardorbek Eminov,).
Zaxira: 6.Sirojiddin Rahmatullayev, 8.Ibe Mishel Okoro, 11.Mo‘minjon Meliyev, 15.Muhammadali Aliqulov, 33.Denis Vasilev.

"Bunyodkor": 1.Abdumavlon Abduljalilov, 3.Islomjon Qobilov ( 6.Anvar G‘ofurov, 63), 4.Davronjon Ergashev(35.Ibrohim Ibragimov ,46), 5.Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, 10.Xurshid G‘iyosov, 11.Rasul Yo‘ldoshev, 13.Lutfulla To‘rayev, 19.Nurillo To‘xtasinov, 30.Abdulla Abdullayev, 48.Valeriy Akopov(77.Selim Nurmuradov,46 ) (14.Mirjahon Mirahmadov), 90.Shahboz Erkinov (20.Vladislav Nuriyev, 63).
Zaxira: 25.Akobir Qayumov, 71.Sarvar Karimov, 37.Muhammadodil Qahramonov.

Ogohlantirish: Abdulla Abdullayev 16, Islom Qobilov 61.
Chetlatish: Rahimjon Davronov 1.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Bunyodkor" 10 kishi bo‘lib qolgan "Mash’al"ni arang taslim etdi