09:05 / 20.09.2020
2 199

“Al-Hilol”da koronavirus bilan bog‘liq yangi holatlar aniqlandi, jamoa OCHLdagi ishtirokini yakunlashi mumkin

“Al-Hilol”da koronavirus bilan bog‘liq yangi holatlar aniqlandi, jamoa OCHLdagi ishtirokini yakunlashi mumkin
“Al-Hilol” OCHL 5-turi doirasida “Shahr Xodro”ga qarshi bugun o‘ynashi kerak. Biroq, saudiyaliklar topshirgan oxirgi test natijalariga ko‘ra, jamoada koronavirus bilan kasallanish bilan bog‘liq yangi holatlar aniqlandi.

Aniqrog‘i, jamoaning 10 nafar a’zosi infeksiyani yuqtirib olgan. Ulardan uch nafari futbolchi, qolganlari esa klub rahbariyati vakillari. Shu sabab, “Al-Hilol” bo‘lajak bahsni qoldirishni so‘rab OFKga murojaat qildi. Biroq, musobaqa protokoliga ko‘ra, bu mumkin emas va saudiyaliklar musobaqani yo davom ettirishi yo bo‘lmasa o‘z ishtirokini muddatidan oldin yakunlashiga to‘g‘ri keladi.

Shu kabi holat “Al-Vahda” (BAA) bilan yuz bergan va ularning musobaqani qayd etgan natijalari nolga tenglashtirilgandi.

Bugun “Al-Hilol” tarkibiga yoshlar jamoasidan 2 o‘yinchi va 1 darvozabon kelishi kerak edi. Bizga ma’lum bo‘lishicha, hozirda saudiyaliklar tarkibida 13 futbolchi sog‘lom hamda ularning 2 nafari zaxirada darvozaboni.

Agar “Al-Hilol” musobaqadagi ishtirokini yakunlaydigan bo‘lsa, u holda “B” guruhidagi holat quyidagicha bo‘ladi:

1. "Paxtakor" – 6 ochko
2. “Shabab Al-Ahli” – 6 ochko
3. “Shaxr Xodro” – 0

Unga ko‘ra, keyingi bosqichga “Paxtakor” 1-o‘rin bilan ikkinchi yo‘llanmaga esa “Shabab Al-Ahli” ega chiqadi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda “Al-Hilol”ning yetakchi futbolchisi Bafetimbi Gomisda COVID-19 aniqlangan. Avvalroq, Sebastyan Jovinko va Salim Al Davsarining tahlillari ham ijobiy natija bergani haqda xabar bergandik.

Eslatib o‘tamiz, “Shahr Xodro” - “Al-Hilol” bahsi Toshkent vaqti bilan bugun 20:00 ga belgilangan. Mazkur guruhdan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Shabab Al-Ahli" uchrashuvi esa 23:00 da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Al-Hilol”da koronavirus bilan bog‘liq yangi holatlar aniqlandi, jamoa OCHLdagi ishtirokini yakunlashi mumkin