14:30 / 21.09.2020
2 194

Dragan Cheran "Shabab Al Ahli"ga qarshi o‘yin haqida: Biz ikki ochko yo‘qotdik

Dragan Cheran "Shabab Al Ahli"ga qarshi o‘yin haqida: Biz ikki ochko yo‘qotdik
Osiyo Chempionlar ligasining 5-turida Toshkentning "Paxtakor" klubi BAAning "Shabab Al Ahli" jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Bellashuvdan keyingi matbuot anjumanida "sherlar" futbolchisi Dragan Cheran bahs haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Biz o‘yinni to‘liq nazorat qildik. Bugun faqat biz o‘ynadik, bu bizning o‘yin bo‘ldi. Juda ko‘plab imkoniyatlarni yuzaga keltirdik, ammo ulardan foydalanishda xatolarga yo‘l qo‘ydik. Bugun biz ikki ochkoni boy berdik deb o‘ylayman.

Biz raqibni o‘rganganimiz singari ular ham bizni o‘rganishadi. Kuchli taraflarimizni yopishga urinishadi. Ular qanotdan o‘tishimizni yopmoqchi bo‘lishdi, biz markazdan ham hujumlar uyushtirdik. Vaziyatlardan foydalanmadik va raqib ham himoyada yaxshi o‘ynashga urindi. Bu gol ura olmaganimiz sababi
", - dedi Cheran.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dragan Cheran "Shabab Al Ahli"ga qarshi o‘yin haqida: Biz ikki ochko yo‘qotdik