11:27 / 24.09.2020
971

Jaloliddin Masharipov: Murabbiylar raqiblarni aldashim kerakligini aytishadi

Jaloliddin Masharipov: Murabbiylar raqiblarni aldashim kerakligini aytishadi
Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichining 6-turidan o‘rin olgan "Shahr Xodro" va "Paxtakor" qarama-qarshiligida Toshkent klubi 1:0 hisobida zafar quchdi.

Bellashuvdagi yagona gol muallifi Jaloliddin Masharipov o‘yindan keyingi matbuot anjumanida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda, "Paxtakor" matbuot xizmati xabar berdi.

"O‘z imkoniyatimning 70 foizi darajasida o‘ynadim, deb hisoblayman. Bu turnirda ancha qiyinroq bellashuvlarni ham o‘tkazganmiz. Avvalgi uch uchrashuvda yuta olmaganimiz sababli, bugun yutishimiz kerak edi. Vaziyatlardan foydalanishda bu biroz xalal berdi. "Al Hilol" haqida umuman o‘ylamadik. Yigitlar bilan gaplashib, bor kuchimizni berish haqida bir-birimizga aytgandik. Guruhda yaxshi o‘yin ko‘rsata oldik. Musobaqada uzoqroqqa yetib borishni istaymiz.

Har o‘yindan so‘ng, jamoada yigitlar bilan bahsni tahlil qilib chiqamiz. Qanday o‘ynadik, xatolar, yaxshi jihatlar xususida suhbatlashamiz. Chempionlar ligasida juda ko‘p vaziyatlar bo‘lmaydi, bunda 2, 3 imkoniyatdan gol urib ketish kerak. Biz kamchiliklarimizga barham berish ustida ishlaymiz. O‘zimga kelsak, 2, 3 nafar raqib juda yaqin o‘ynamoqda. Murabbiylar menga imkon bo‘lishi bilan raqiblarni aldashga harakat qilishim haqida aytishadi, albatta. Navbatdagi bellashuvlarda yanada ko‘proq urinib, jamoaga foyda keltirishga urinaman
", - dedi Masharipov.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)