23:05 / 25.09.2020
2 765

Majid Motlah: "O‘ylashimcha, "Al Vahda" Dohaga kelganida biz guruhda birinchi bo‘lgan va 1/8 finalda "Paxtakor"ga duch kelmagan bo‘lardik"

Majid Motlah: "O‘ylashimcha, "Al Vahda" Dohaga kelganida biz guruhda birinchi bo‘lgan va 1/8 finalda "Paxtakor"ga duch kelmagan bo‘lardik"
Foto: championat.asia
Ertaga, 26 sentabr kuni OCHL G‘arb mintaqasida nimchorak final o‘yinlariga start beriladi. 1/8 finalda Toshkentning "Paxtakor" jamoasi Eronning "Istiqlol" klubiga qarshi bahs olib boradi. Biroz avval "sherlar" yordamchi murabbiyi Piter Xyuistra va himoyachi Anzur Ismoilovning matbuot anjumanida aytib o‘tgan fikrlarini o‘qigandingiz.

Anjumanning ikkinchi qismida "Istiqlol" bosh murabbiyi Majid Namjo Motlahga darvozabon Saidhusayn Husayni hamrohlik qildi.

M.Motlah: "Ertaga juda ham muhim o‘yin bo‘ladi. Har uch kunda o‘ynash juda ham qiyin ekanligini bilamiz, lekin biz raqibga qaraganda ko‘proq dam oldik. O‘yindan-o‘yinga kuchayib boryapmiz. "Al Ahli"ga qarshi bellashuvda haqiqiy kuchimizni ko‘rsata oldik. "Al Shorta" ham kuchli raqib edi, lekin saudiyaliklarga o‘yin biz uchun hal qiluvchi edi. Ertaga yangi daraja boshlanadi va u murakkabdir. Bizda jarohatlanganlar bor, biz o‘yinchilarni ruhiy va jismoniy taraflama tayyorlay olishimiz kerak. Albatta, "Paxtakor"ning o‘yinlarini tahlil qilib chiqdik. Natijaga erishish uchun o‘z ustunliklarimizdan foydalanishimiz lozim".

S.Husayni: "Muhim uchrashuv. "Paxtakor" Osiyoning kuchli jamoalaridan biri, ularda kuchli va mashhur murabbiy bor. Bizning vazifamiz maydonga chiqish, g‘alaba qozonish va keyingi bosqichga chiqish. Bellashuvga juda yaxshi tayyorlandik. Biz 2 yillik tanaffusdan so‘ng yana guruhdan chiqdik. Murabbiyimiz "Istiqlol" bilan oldin Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lgan. U har bir o‘yinda bizga motivatsiya bera oladi, biz imkon qadar uzoqqa borishni, hatto musobaqada g‘olib chiqishni xohlaymiz".

- Siz "Paxtakor"dan ikkita kamroq o‘yin o‘tkazdingiz. Bu sizga ustunlik beradimi yoki yo‘q?
M.Motlah:
- Buni ijobiy tomoni ham, salbiy tomoni ham bor. Ijobiy tomoni bu - biz raqibdan jismoniy tomonlama yaxshiroq holatda bo‘lamiz. Salbiy tomoni esa - biz xalqaro o‘yinlarni raqibdan kamroq o‘tkazdik. O‘ylashimcha, "Al Vahda" Dohaga kelganida biz guruhda birinchi o‘rinni olgan bo‘lardik va nimchorak finalda "Paxtakor"dek kuchli jamoaga tushmagan bo‘lardik.

- Sizda 3 nafar kuchli va yetakchi o‘yinchilar bor (Gayedi, Motahhari va Diabate). "Paxtakor" bilan o‘yin ular uchun o‘zini ko‘rsatish imkoniyati bo‘ladi, ularga bir qator arab klublari qiziqishmoqda. Keyingi mavsumda ham ularni olib qola olasizmi?
M.Motlah:
- Gayebi, Motahhari va Diabate biz uchun muhim o‘yinchilar. Lekin, bizda yana 25 nafar futbolchi bor va ularnipng hammasi iqtidorli. Masalan, "Al Ahli" bilan o‘yinda hisob 0:0 bo‘lib turganda yonimda o‘tirgan darvozabonimiz juda yaxshi seyvni ijro etdi va bu seyv natijaga ta’sir qildi.

- "Paxtakor" bu yerdagi ko‘plab jamoalardan farq qiladi. Ular siz oldin o‘ynagan arab klublari kabi emas, balki yevropacha o‘yin ko‘rsatishadi, ular jismonan kuchli. Siz bunday raqibga qarshi tayyormisiz?
S.Husayni:
- Biz "Paxtakor"ni tahlil qilib chiqdik. Haqiqatdan ham ular boshqalardan farq qiladi. Lekin, biz ularning qanday o‘ynashini bilamiz. Bu qiyin bahs bo‘ladi, lekin biz ko‘p yillardan beri Chempionlar ligasida harakat qilib kelamiz va hamisha istalgan uslubdagi raqibga qarshi tayyor turamiz.

Eslatib o‘tamiz, "Paxtakor" - "Istiqlol" bahsi ertaga, 26 sentabr kuni "Al Janub" stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan 20:45 (Toshkent vaqti bilan 22:45)da start oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Majid Motlah: "O‘ylashimcha, "Al Vahda" Dohaga kelganida biz guruhda birinchi bo‘lgan va 1/8 finalda "Paxtakor"ga duch kelmagan bo‘lardik"