07:36 / 26.09.2020
2 532

Kuman haydagan Suares “Barsa”ga qancha foyda keltirganini bilasizmi?

Kuman haydagan Suares “Barsa”ga qancha foyda keltirganini bilasizmi?
“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kumanga kerak bo‘lmagani uchun klubni tark etib, “Atletiko”ga ko‘chib o‘tgan Luis Suares gol+pas tizimida o‘tkazgan o‘yinlari sonidan ko‘proq ochko to‘plagan ekan.

Statistika mutaxassislarining ma’lum qilishicha, urugvaylik hujumchi “Barselona” tarkibida 283 ta o‘yinda maydonga tushib, jamoasining 295 ta golida bevosita ishtirok etgan. Luis bu uchrashuvlarda raqiblar darvozasini 198 marta ishg‘ol qilgan. Shuningdek, jamoadoshlariga jami 97 marotaba golli pas uzatgan.

Suares “Barselona”ga 2014 yili “Liverpul”dan taklif etilgan edi. Bungacha tajribali hujumchi “Ayaks”, “Groningen” va “Nasonal” kabi jamoalarda to‘p surgan. U 2007 yildan buyon Urugvay terma jamoasiga jalb etilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kuman haydagan Suares “Barsa”ga qancha foyda keltirganini bilasizmi?