16:30 / 27.09.2020
2 108

Dragan Cheran: "Yangi tarixni yaratishdan baxtiyormiz"

Dragan Cheran: "Yangi tarixni yaratishdan baxtiyormiz"
"Paxtakor" OCHL nimchorak finalida "Istiqlol"ni 2:1 hisobida mag‘lub etganidan xabaringiz bor. Oldinroq o‘yindan keyingi matbuot anjumanida jamoa yordamchi murabbiyi Piter Xyuistraning aytgan fikrlarini e’tiboringizga havola etgan edik. Anjumanda Xyuistraga uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan Dragan Cheran hamrohlik qildi. Quyida serbiyalik legionerning fikrlarini o‘qishingiz mumkin.

"Biz uch yildan buyon birgamiz va o‘ylashimcha bugun yangi tarixni yaratyapmiz. Bundan xursandmiz va baxtiyormiz. Ushbu tarixni ishtirokchisi sifatida, o‘zbek futboli uchun ham, "Paxtakor" uchun ham katta hajmdagi ishni bajaryapmiz. O‘yinni to‘liq nazorat qildik, hisobda ortda qolayotganda ham hujumga o‘tdik va tez orada hisobni tenglashtirdik. Yetarlicha vaziyatlar yaratdik, bugun kambek qilishda jamoaning birdamligi va xarakterini alohida ta’kidlab o‘tgan bo‘lardim", - deydi Dragan Cheran.

- Bugun Cheran va Derdiyok o‘yindan gol urdi. Bu sizlarga qo‘shimcha ishonch beradimi? Chunki Qatarga kelganidan keyin jamoa ko‘p gol ura olmayotgandi.
- Bu yaxshi. Men ham, Eren ham gol urdik. Bu yerda 4ta turdan buyon gol ura olmayotgandim. Shu bois o‘zimizni yanada yaxshi his qilish uchun gol muhim rol o‘ynaydi. Ammo bu musobaqa va unda eng muhimi g‘alaba, jamoa g‘alaba qozonsa kim gol urishining farqi yo‘q.

Tolibjon Qosimov
Doha, Qatar

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dragan Cheran: "Yangi tarixni yaratishdan baxtiyormiz"