20:53 / 27.09.2020
2 759

Vadim Abramov "Paxtakor", Jasur Jaloliddinov, Murod Xolmuhammedov va Eldor Suyunov haqida gapirdi

Vadim Abramov "Paxtakor", Jasur Jaloliddinov, Murod Xolmuhammedov va Eldor Suyunov haqida gapirdi
Coca Cola Superligasi 17-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "Bunyodkor" (2:1) o‘yinidan so‘ng "qaldirg‘ochlar" ustozi Vadim Abramov uchrashuv haqidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"So‘nggi paytlarda nimagadir o‘yinni nazorat qilyapmiz, hujumlar qilyapmiz biroq g‘alaba qozona olmayapmiz. Bugun maydonning xolati ham ustunligimizni natijada ham aks ettirishimizga xalaqit berdi. Hisobni ochgach, ikkita gol o‘tkazib yubordik. Ikkinchi bo‘limda nimanidir o‘zgartirishga harakat qildik, lekin futbolchilar men kutgan o‘yinni ko‘rsata olishmadi.

Jaloliddinov borasida nima deyishim mumkin, Moskvaning “Lokomotiv” jamoasida bosh murabbiy o‘zgardi. Yangi kelgan murabbiy esa Jasurga imkoniyat bermadi. Ko‘p narsa murabbiyga bog‘liq. Suares bunga yana bir misol. Lekin uning Moskvaliklar bilan besh yillik shartnomasi bor.

“Paxtakor”ning OCHLda yaxshi natija ko‘rsatayotganidan xursandman. Bu musobaqada futbolchilar juda katta tajriba orttirishmoqda. Ularni qachon qaytishini biz hali bilmaymiz. Biroq 8 oktabr kuni terma jamoa o‘yinini belgilaganmiz. Bu o‘yingacha Paxtakor futbolchilari qanday xolatda yetib kelishini bilmaymiz. Shuning uchun navbatdagi yig‘inga legionerlarimizni ham chaqirishni reja qilyapmiz.

Eldor Suyunov? Darvozabonlarimizni oyoqda yaxshi o‘ynay olmayotgani biz uchun fojia. Bizda darvozabonlar bilan muammolar bor. Yosh darvozabonlarni ham kuzatib bormoqdamiz. Tojikiston bilan o‘yinda darvozani qo‘riqlagan yosh darvozabon ham yomon o‘ynamadi. Asosiysi Suyunov Qatarda yaxshigina tajriba orttirmoqda.

“Qo‘qon-1912” jamoasida Murod Xolmuhammedovni terma jamoaga mos o‘yinchi deb o‘ylayman. U o‘z ishinig ustasi hisoblanadi. Bizda bugun Lutfulla To‘rayev o‘zini ko‘rsatdi", - dedi Abramov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov "Paxtakor", Jasur Jaloliddinov, Murod Xolmuhammedov va Eldor Suyunov haqida gapirdi