10:07 / 28.09.2020
2 048

A Seriya. Ronalduning dubli «Yuventus»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi

A Seriya. Ronalduning dubli «Yuventus»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi
Foto: Twitter
Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 2-turida «Roma» 27 sentabr, yakshanba kuni «Yuventus» bilan bahs yuritdi.
Uchrashuvning 31-daqiqasida Jordan Veretu penaltini aniq bajarib, rimliklarni oldinga olib chiqdi. 44-daqiqada endi «Roma» darvozasi tomon 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi. Uni Krishtianu Ronaldu golga aylantirdi.

Birinchi bo‘limga hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Veretu jamoasining tezkor qarshi hujumini muvaffaqiyatli yakunladi.

62-daqiqada turinliklar yarim himoyachisi Adriyen Rabo ikkinchi sariq kartochkasini olib maydondan chetlatildi. Biroq bu «Yuventus»ning gol urishiga to‘sqinlik qila olmadi. 69-daqiqada Ronaldu qanotdan uzatilgan to‘pga o‘z uslubida boshi bilan zarba berib, muvozanatni tikladi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

«Roma» — «Yuventus» 2:2
Gollar:
1:0 – 31, penalti Veretu, 1:1 – 44, penalti Ronaldu, 2:1 – 45 Veretu, 2:2 – 69 Ronaldu.
«Roma»: Mirante, Spinatssola, Manchini, Kumbula, Santon (Bruno Peres, 68), Mxitaryan, Pellegrini (Diavara, 72), Pedro, Veretu, Rojer, Jeko.
«Yuventus»: Shensni, Bonuchchi, Danilo, Kellini, Makkenni (Artur, 58), Kuadrado, Rabo, Remzi (Bentankur, 68), Kulusevski (Frabotta, 85), Ronaldu, Morata (Duglas Kosta, 58).
Ogohlantirishlar: Rabo (30), Kumbula (36), Pellegrini (54), Frabotta (86).
Chetlatish: Rabo (62).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » A Seriya. Ronalduning dubli «Yuventus»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi