22:43 / 28.09.2020
3 696

O‘zbekistonlik Sherzod Husanov prof boksda navbatdagi raqibini 2-raundda dahshatli nokautga uchratdi

O‘zbekistonlik Sherzod Husanov prof boksda navbatdagi raqibini 2-raundda dahshatli nokautga uchratdi
Kadr: Twitter
O‘zbekistonlik professional bokschi, super o‘rta vazn toifasi vakili Sherzod Husanov (22-1-1, 10 KO) Toshkent vaqti bilan 27 sentabr, yakshanba kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Sherzod Polshada MB Promotions tomonidan tashkil etiladigan boks kechasida qatnashdi. Unga ushbu jangda mezbon Robert Parzechevski (25-2-0, 16 KO) raqiblik qildi. Sherzod raqibini 2-raundda dahshali huk zarbasi evaziga ringga qulatdi va muddatidan avval nokaut evaziga g‘alabani qo‘lga kiritdi. Jang videosini bu yerda tomosha qilish mumkin — havola.

Qayd etish joiz, 40 yoshni qarshilagan Sherzod Husanov so‘nggi jangini 2018 yil 21 sentabrida Damian Yonakka qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobida yutqazgandi. Bu uning professional ringdagi ilk va hozircha so‘nggi mag‘lubiyati bo‘lib turibdi.

Ma’lumot uchun, Sherzodga qarshi to‘qnashuvga qadar Robert Parzechevski 25 ta jangda g‘alaba qozongan, bitta jangda esa mag‘lub bo‘lgandi. Endi esa uning mag‘lubiyatlari soni ikkitaga yetdi. Robert 16 ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan.

Husanovning statistikasi esa endi quyidagicha: 22 ta jangda raqiblarini mag‘lub etgan, bitta jangda mag‘lub bo‘lgan, bittasida esa durang qayd etilgan. 10 ta jangda raqiblarini nokaut evaziga yutgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik Sherzod Husanov prof boksda navbatdagi raqibini 2-raundda dahshatli nokautga uchratdi