11:13 / 29.09.2020
2 550

Shahram va Shohjahon harakat qiladigan vazn toifasi chempioni Josh Teylor raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi

Shahram va Shohjahon harakat qiladigan vazn toifasi chempioni Josh Teylor raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi
Foto: Twitter
Professional boksning super yengil vazn (-63,5 kg) toifasida WBA va IBF kamarlari sohibi Josh Teylor (17-0, 13 KO) Toshkent vaqti bilan 27 sentabr, yakshanba tongida navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Shotlandiyalik bokschi Angliya poytaxti Londonda o‘tkazilgan jangning birinchi raundidayoq Apinan Kongsongni (16-1, 13 KO) nokautga uchratdi.
Chempion raqibining tana qismiga kuchli zarba yo‘lladi, tailandlik bokschi mazkur zarbadan keyin o‘nglana olmadi.

Ma’lumot uchun, ushbu vazn toifasida o‘zbekistonlik bokschilar Shahram G‘iyosov (10-0, 8 KO) va Shohjahon Ergashev (18-0, 16 KO) harakat qiladi.
WBA reytingida Shahram 6-o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, undan keyingi pog‘onada Shohjahon bormoqda. Ergashev shuningdek, IBF (6-o‘rin) va WBO (13) yo‘nalishlarida ham top-15 likdan joy olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shahram va Shohjahon harakat qiladigan vazn toifasi chempioni Josh Teylor raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi