07:00 / 30.09.2020
2 786

Menni Pakyao Konor Makgregor bilan jang qilishga rozi bo‘ldi

Menni Pakyao Konor Makgregor bilan jang qilishga rozi bo‘ldi
Foto: WBN
Filippinlik bokschi Menni Pakyaoning yordamchisi Jeyk Jonson sportchining sobiq UFC chempioni Konor Makgregor bilan jang qilishga rozi bo‘lgani haqida gapirdi.

- Filippindagi barcha koronavirus qurbonlari uchun senator Menni Pakyao kelasi yilda UFC’ning super yulduzi Konor Makgregor bilan jang qiladi. U oladigan mablag‘ning katta qismi mamlakat bo‘ylab pandemiyadan aziyat chekkanlarga taqdim etiladi, deydi Menni Pakyaoning yordamchisi Jeyk Jonson.

Shuningdek, Pakyao va Makgregorning menejeri Odi Attar ham ular o‘rtasidagi jang o‘tkazilishi ehtimoli ancha yuqori ekanini aytgandi.
Avvalroq Konor Makgregorning o‘zi ham Pakyao bilan jang o‘tkazmoqchi ekanligi haqida gapirgandi.

Ma’lumot uchun, Menni Pakyao faoliyati davomida 62 ta jangda g‘alaba qozongan (39 tasida nokaut bilan). 7 ta jangda esa mag‘lubiyatga uchragan, uning ishtirokidagi yana 2 ta jang durang bilan yakunlangan. Konor Makgregor esa MMA’dagi faoliyati davomida 22 ta jangda g‘alaba qozongan, 19 tasi nokaut evaziga. 4 ta jangda esa mag‘lub bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Menni Pakyao Konor Makgregor bilan jang qilishga rozi bo‘ldi