10:04 / 30.09.2020
2 947

Osiyoning mashhur jurnalistlaridan biri "Paxtakor" - "Persepolis" uchrashuvidan nima kutayotganini ma’lum qildi

Osiyoning mashhur jurnalistlaridan biri "Paxtakor" - "Persepolis" uchrashuvidan nima kutayotganini ma’lum qildi
Qatarda markazlashgan Osiyo chempionlar ligasi davom etmoqda. Ushbu musobaqani yoritish uchun bir qator xorijlik jurnalistlar ham Doha shahriga tashrif buyurishgan. Ular orasida Ahdaaf nashri bosh muharriri Vael Jobir ham bor. Biz undan championat.asia sayti o‘quvchilari uchun OCHL chorak finali haqida fikrlarini bildirishni so‘radik:

Mening nazarimda "Paxtakor" - "Persepolis" uchrashuvi G‘arb mintaqasining finaldan oldingi finali. Bu juftlikda qaysi jamoa g‘olib bo‘lsa ham Saudiya Arabistoni klublariga qiyin bo‘ladi.

"Paxtakor" 2020 yil boshidan buyon menda yaxshi taassurot qoldirmoqda. Ular juda yaxshi jamoaviy o‘yin namoyish etishmoqda, jismoniy va taktik tomonlama kuchli. Eren Derdiyokning jamoaga qo‘shilishi muhim ahamiyat kasb etdi. Bu orqali bosh murabbiy zaxiradan Igor Sergeyev darajasidagi hujumchini maydonga tushirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Bu albatta katta ustunlik.

"Persepolis" "Al Sadd"ga qarshi o‘yinda bor kuchi bilan gol urish uchun harakat qildi va ko‘plab vaziyatlar yaratdi (faqat "Sharja" bilan bahsda forslar raqibning chap qanot himoyasidagi zaiflikdan keyin 4:0 hisobida zafar quchishdi). O‘ylashimcha Isa Al Kasir Yegor Krimes va Anzur Ismoilov tandemini yorib o‘tishga qiynaladi. Menimcha shu kuni Jaloliddin Masharipov o‘zini yaxshi tomonlama ko‘rsatib driblinglari bilan Cheran va Derdiyokka yaxshi vaziyatlarni tashkil etib bersa, "Paxtakor"ni to‘xtatish qiyin bo‘ladi.

Ikkinchi juftlikdagi Saudiya Arabistoni klublarining to‘qnash kelganligi uni o‘zgacha qiladi. Menimcha "Al Nassr" ayni paytda "Al Ahli"dan kuchliroq. Agar oddiy o‘yin bo‘lganida ularning oson g‘alabasini taxmin qilgan bo‘lardim. Biroq nimchorak finalda "Al Taavon"ga qarshi bahsda ko‘rdikki mahalliy derbilar oson o‘tmaydi.

O‘ylashimcha agarda "Al Ahli" ushbu to‘qnashuvda g‘olib bo‘lsa "Paxtakor" va "Persepolis" uchun oddiy raqib bo‘ladi. Agarda "Al Nassr" yarim finalga chiqsa juda kuchli o‘yin bo‘ladi.

Oldinda bizni zo‘r o‘yinlar kutib turibdi!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyoning mashhur jurnalistlaridan biri "Paxtakor" - "Persepolis" uchrashuvidan nima kutayotganini ma’lum qildi