21:38 / 01.10.2020
4 431

Eldor Shomurodov "Jenoa"da Ernan Krespo o‘ynagan raqamni oldi

Eldor Shomurodov "Jenoa"da Ernan Krespo o‘ynagan raqamni oldi
"Jenoa"ning o‘zbekistonlik forvardi jamoa safida nechinchi raqamda o‘ynashi ma’lum bo‘ldi.
Bizga ma’lum bo‘lishicha, Eldor Shomurodov "Jenoa" safida 9-raqam ostida to‘p tepadi.

Bunga qadar ushbu raqamda Kazuyoshi Miura, Luka Toni, Ernan Krespo, Alberto Jilardino va Kshishtof Pyontek kabi ajoyib hujumchilar to‘p tepgan.

Bizga ma’lum bo‘lishicha, o‘zbekistonlik forvard A Seriya 5-tur doirasidagi "Inter"ga qarshi o‘yinda debyut qilishi mumkin.

Hamyurtimiz 4-turdagi "Verona"ga qarshi o‘yingacha ulgurishga harakat qiladi, biroq barchasi uning Italiyada ishlash huquqini beruvchi hujjatni qanchalik tez olishiga bog‘liq.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov "Jenoa"da Ernan Krespo o‘ynagan raqamni oldi