13:15 / 04.10.2020
2 155

Edinson Kavani «Manchester Yunayted»ga o‘tadigan bo‘ldi

Edinson Kavani «Manchester Yunayted»ga o‘tadigan bo‘ldi
Foto: FourFourTwo
PSJ sobiq hujumchisi Edinson Kavani faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettiradigan bo‘ldi.
Tomonlar 2022 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma borasida kelishuvga erishgan, deya xabar qilmoqda jurnalist Fabritsio Romano.

Hozirda faqat agentlarga to‘lanishi kerak bo‘lgan pul miqdori muhokama qilinmoqda, shunday keyin kelishuv imzolanadi. Aytilishicha, avvaliga Kavanining agentlari 10 million yevro so‘ragan.

Ayrim xabarlarga ko‘ra, urugvaylik futbolchi «Manchester Yunayted» bilan hal qiluvchi muzokaralarni o‘tkazish uchun 4 sentabr kuni Angliyaga yetib boradi. Avvalroq Kavanining yangi jamoasidagi maoshi yiliga 10 million yevro atrofida bo‘lishi xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, Kavani PSJni erkin agent sifatida tark etdi. U parijliklar safida 2013 yildan buyon harakat qilib kelardi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Edinson Kavani «Manchester Yunayted»ga o‘tadigan bo‘ldi