07:00 / 08.10.2020
2 545

Xayrulla Hamidov OCHLda “Paxtakor”dan nimalar kutgandi?

Xayrulla Hamidov OCHLda “Paxtakor”dan nimalar kutgandi?
Taniqli sharhlovchi xalqaro musobaqada “Paxtakor”dan nimalar kutgani, jamoaning musobaqadagi ishtiroki qanday chiqqani borasida to‘xtalib o‘tdi.

– “Paxtakor” jamoasining OCHLdagi bu mavsumi men uchun qoniqarli bo‘ldi. Sababi toshkentlik futbolchilarning o‘yinida mazmun ko‘rdim. Guruh bosqichidagi uchrashuvlar, “Al Hilol”ga qarshi bahslar garchi birida yutqazgan bo‘lsa ham yigitlarda o‘yinga bo‘lgan ehtibor, murabbiylarning chizgilari yaqqol sezilib turdi.

Endi pandemiya paytida hamma narsa buzilib ketdi. Ya’ni bir qolipga solib bo‘lmayapti. Yevropada ham juda ko‘p milliy chempionatlar izidan chiqib ketdi. Ba’zi ligalar oxirigacha yetib bormadi. Ayrimlari keyinroq o‘tkazilsa-da, turli darvlarda bo‘lib o‘tdi va ularning chempionlari, g‘oliblari o‘rtasidagi Yevropa Chempionlar ligasi o‘yinlaridagi kurashga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Oxir-oqibat Fransiya vakillari yarim finalga chiqqanidan xulosa qilsak, pandemiya futbolga ta’sir qildi. O‘z navbatida Osiyoga ham. Buning “Paxtakor”ga yaxshi tomondan bo‘lgan ta’siri ham bor. Raqiblari o‘yindan chiqib ketdi, “sherlar”ning guruh bosqichidagi dastlabki ikki turi yurtimizda, qolgani neytral maydonda bittadan o‘tkazildi...

Pandemiyada futboldagi ko‘p narsa aralashib ketdi. Mana shuning ichida “Paxtakor” futbol ko‘rsatdi. Ya’ni “sherlar”ning qizil kartochkasi bo‘lmaganda, keyingi bosqichga chiqishiga juda ko‘pchilik ishonyapti. Yarim finalga chiqqanda Shota Arveladze shogirdlari juda yaxshi natija qayd etgan bo‘lardi.

“Paxtakor”ning o‘yiniga baho beradigan bo‘lsak – qoniqarli. Lekin murabbiylar psixologik tomondan muhim pallada futbolchilarni oxirigacha tayyorlay olmagani uchun qizil kartochka olindi. Shu va boshqa jihatlar ruhiyatga ta’sir qildi shekilli, natijada qizil kartochka sodir bo‘ldi.

Umuman olganda, “Paxtakor”ning bu mavsum OCHLdagi ishtirokidan qoniqish hosil qildim. O‘ylaymizki, “sherlar” keyingi mavsum yanada oldinroqqa qadam tashlaydi va, balki final yo‘llanmasini qo‘lga kiritar. Bunga yetarlikcha asoslarimiz bor, - dedi Xayrulla Hamidov.

Davomi bor...

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xayrulla Hamidov OCHLda “Paxtakor”dan nimalar kutgandi?