12:37 / 09.10.2020
2 446

Otabek Shukurov: «Uyda o‘ynab turib, yutqazganimiz uchun muxlislardan uzr so‘raymiz»

Otabek Shukurov: «Uyda o‘ynab turib, yutqazganimiz uchun muxlislardan uzr so‘raymiz»
Foto: O‘FA
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va «Sharja» yarim himoyachisi Otabek Shukurov Eronga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yinidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Avvalambor o‘yin uchun rahmat. O‘ylaymanki, muxlislar ham oynayi jahon orqali, ham stadiondan bizni qo‘llab-quvvatlab turdi. Hammaga ma’lumki, Eron Osiyoda favorit jamoa hisoblanadi. Ishlayapmiz, mehnat qilyapmiz. Uyda o‘ynab, mag‘lubiyatga uchraganimiz uchun muxlislardan uzr so‘raymiz. Lekin mehnat qilishdan to‘xtamaymiz va nasib qilsa, keyingi o‘yinlarda ularni xursand qilishga harakat qilamiz. Oldinda turgan rasmiy uchrashuvlarga esa jiddiyroq, puxtaroq tayyorgarlik ko‘rib, Jahon chempionatiga chiqish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz, - deydi Otabek Shukurov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi keyingi o‘rtoqlik o‘yinini 12 oktabr kuni Dubay shahrida BAA terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Otabek Shukurov: «Uyda o‘ynab turib, yutqazganimiz uchun muxlislardan uzr so‘raymiz»