00:13 / 10.10.2020
1 456

Kanchelskis Rossiya jamoalaridan birini qabul qilib olishga tayyor

Kanchelskis Rossiya jamoalaridan birini qabul qilib olishga tayyor
Rossiya ommaviy axborot vositalari taniqli mutaxassis Andrey Kanchelskis “Navbahor” bilan shartnomani bekor qilgani va ayni paytda Milliy futbol ligasi jamoalarida ishlash variantini o‘rganib chiqayotgani haqida yozmoqda.

Shartnomaning bekor qilinishiga sabab sifatida maosh bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorlik ko‘rsatilmoqda. Biroq “Navbahor” keyingi paytda g‘alabasiz seriya to‘riga ilinib qolgani ham rossiyalik mutaxassis bilan shartnomani bekor qilinishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Matchtv.ru saytining xabar berishicha, Kanchelskis ayni paytda turli variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Xususan, Tolyattining “Akron” jamoasiga tajribali murabbiyni ishga olishni tavsiya qilishgan. Chunki kuni kecha bu jamoa bosh murabbiyi Dmitriy Yemelyanov lavozimini topshirgan edi.

Kanchelskis bilan birga hujumchi Pavel Golishev ham “Navbahor”ni tark etgani aytilmoqda. Bu futbolchi Rossiyada “Spartak”, “Moskva”, “Krasnodar”, “Tosno”, “Tom»” va “Nijniy Novgorod” kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.

Biroq, bu mavzu bo‘yicha “Navbahor” rasmiy saytida hozircha xabar chiqmadi.

Avvalroq esa, “Navbahor” klubining strategiyasi o‘zgartirilib, asosiy e’tibor mahalliy yoshlarga qaratilishi haqida ma’lumot berilgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)