09:30 / 11.10.2020
2 116

Millatlar ligasi. Ispaniya Shveysariyani mag‘lub etdi, Ukraina Germaniyaga yutqazdi va boshqa natijalar

Millatlar ligasi. Ispaniya Shveysariyani mag‘lub etdi, Ukraina Germaniyaga yutqazdi va boshqa natijalar
10 oktabr, shanba kuni UYEFA Millatlar ligasi 3-turi doirasidagi dastlabki uchrashuvlar o‘tkazildi.

Ispaniya milliy jamoasi Shveysariya bilan bahsda Jakaning xatosidan keyin Oyarsabal tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga g‘alaba qozongan bo‘lsa, Ukraina milliy jamoasi Kiyevda nemislarga yutqazib qo‘ydi. Ginter va Goretskaning gollariga Malinovskiy bitta gol bilan javob qaytara oldi – 1:2.

Ispaniya milliy jamoasi Shveysariya ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin «A» liga 4-guruhda 7 ochko bilan peshqadamlikni saqlab qolgan bo‘lsa, Germaniya 5 ochko bilan 2-o‘ringa chiqib oldi. Ukraina va Shveysariya 3-4-o‘rinlarda qolishdi.

UYEFA Millatlar ligasi. 3-tur

Ispaniya – Shveysariya 1:0
Gol:
1:0 – 14 Oyarsabal.
Ispaniya – De Xea, Pau Torres, Navas, Ramos, Gayya, Ferran Torres (Rodri, 88), Merino, Oyarsabal (Jerar Moreno, 73), Olmo (Kanales, 57), Fati (Traore, 57), Buskets.
Shveysariya – Zommer, Vidmer (Gavranovich, 86), Elvedi, Rodriges, Benito (Suber, 81), Jaka, Sou (Vargas, 60), Froyler (Fernandesh, 86), Sher, Seferovich, Mehmedi (Shaqiri, 60).

Ukraina – Germaniya 1:2
Gollar:
0:1 – 20 Ginter, 0:2 – 49 Goretska, 1:2 – 76, penalti Malinovskiy.
Ukraina – Bushan, Mikolenko, Karavayev, Zabarniy, Sobol, Kovalenko (Shaparenko, 77), Malinovskiy, Sigankov (Zubkov, 69), Sidorchuk (Makarenko, 84), Yarmolenko (Marlos, 69), Yaremchuk.
Germaniya – Noyer, Klostermann, Ryudiger, Ginter, Xalstenberg, Draksler (Verner, 80), Kroos, Goretska, Kimmix, Gnabri, Zyule.

Chernogoriya – Ozarboyjon 2:0
Gollar:
1:0 – 9 Yovetich, 2:0 – 71 Ivanovich.

Luksemburg – Kipr 2:0
Gollar:
1:0 – 12 Sinani, 2:0 – 26 Sinani.

Lixtenshteyn – Gibraltar 0:1
Gol:
0:1 – 10 De Barr.

Farer orollari – Latviya 1:1
Gollar:
0:1 – 25 Ikauniyeks, 1:1 – 28 Fere.

Andorra – Malta 0:0.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Millatlar ligasi. Ispaniya Shveysariyani mag‘lub etdi, Ukraina Germaniyaga yutqazdi va boshqa natijalar