17:50 / 11.10.2020
2 207

«Sotilding». Toni Fergyuson Dastin Poreni Konor Makgregordan pora olganlikda aybladi

«Sotilding». Toni Fergyuson Dastin Poreni Konor Makgregordan pora olganlikda aybladi
Foto: Getty Images
Amerikalik yakkakurashchi Toni Fergyuson Dastin Pore va Konor Makgregor o‘rtasidagi jangning o‘tkazilishiga keskin e’tiroz bildirdi.

- "Qanday savdo bo‘ldi, bu? Sen xalqaro terrorchidan pora olding. Ajoyib ish, yigit. Men Amerika vakiliman. Jang haqidagi gaplarning barchasi shunchaki qo‘rqinchli bir o‘yin. Men bunga aralashmayman. Pul olib, bundan faxrlanish — bo‘lmag‘ur narsa", - deydi Toni Fergyuson.

Qayd etish joiz, Konor Makgregor Dastin Porening xayriya jamg‘armasiga 500 ming dollar ajratishga rozi bo‘lgandi. Ikkala jangchi noyabr yoki dekabrda jang qilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Toni Fergyuson oxirgi jangini Jastin Getjiga qarshi o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchragandi. Hozircha u navbatdagi jangini qachon va kimga qarshi o‘tkazishi noma’lum.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Sotilding». Toni Fergyuson Dastin Poreni Konor Makgregordan pora olganlikda aybladi