23:18 / 11.10.2020
2 221

Shumaxerning yana bir rekordini zabt etishdi

Shumaxerning yana bir rekordini zabt etishdi
Foto: «Vestikavkaza.ru»
Britaniyalik «Mercedes» poygachisi Lyuis Xemilton Ayfel Gran-prisini qo‘lga kiritib, «Formula-1»da g‘alabalar soni bo‘yicha Mixael Shumaxerning rekordini takrorladi. Natijalar bilan musobaqa saytida tanishishingiz mumkin.

Poyga Germaniyaning «Nyurburgring» avtodromida bo‘lib o‘tdi. Xemilton karerasidagi 91-g‘alabasini qo‘lga kiritib, Shumaxerning muvaffaqiyatini takrorladi. Ikkinchi o‘rinni «Red Bull» jamoasidan niderlandiyalik Maks Ferstappen egallagan bo‘lsa, «Renault» haydovchisi avstraliyalik Daniel Rikkyardo marra chizig‘ini uchinchi bo‘lib kesib o‘tdi.

«Formula-1»ning keyingi bosqichi 23 — 25 oktabr kunlari Portugaliyada o‘tkaziladi.

31 avgust kuni Xemilton «Formula-1»da yetakchilik qilish bo‘yicha o‘z yutug‘ini yangilagandi. O‘shanda britaniyalik sportchi poyga davomida 24 297 kilometr masofani birinchi bo‘lib bosib o‘tgan. Shumaxer esa 24 148 kilometrgacha masofada yetakchilikni qo‘ldan boy bermagan.

Shumaxer — yetti karra «Formula-1» chempioni. Hozir u 2013 yilda Alp tog‘larida chang‘i uchish paytida olgan bosh-miya jarohatidan tiklanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shumaxerning yana bir rekordini zabt etishdi