16:06 / 12.10.2020
2 756

Kuman Messining uyiga nega bordi?

Kuman Messining uyiga nega bordi?
Ronald Kuman “Barselona”ga bosh murabbiy etib tayinlangandan keyin Messini qolishga ko‘ndirish uchun nimalar qilganini aytdi.
- Bosh murabbiy bo‘lib kelganimdan keyin Messi bilan aloqaga chiqdim. Men uning uyiga borib, uning jamoadagi o‘rni va vazifasi haqida gapirdim. Oxir-oqibat, hammasi yaxshilik bilan tugadi. Messi qolishga qaror qilganidan keyin men undan nimaniki kutgan bo‘lsam, hammasini amalga oshirmoqda.

Messiga do‘sti Suaresning ketishidan men ham afsusda ekanimni, lekin klubning qarorini qabul qilishimiz kerakligini aytdim
, - dedi Ronald Kuman.

Ronald Kuman imzolangan shartnomaga ko‘ra, “Barselona”ni ikki yil boshqaradi. Messining o‘zi esa, 2021 yilning yozigacha davom etadigan bitimga ega.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kuman Messining uyiga nega bordi?