21:30 / 12.10.2020
1 645

Sergeyevning dubli termamizga BAA ustidan g‘alaba keltirdi

Sergeyevning dubli termamizga BAA ustidan g‘alaba keltirdi
Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari doirasidagi O‘zbekistonning ikkinchi uchrashuvi Dubayda mezbon jamoa - BAAga qarshi kechdi. Unda vakillarimiz 2:1 hisobidagi g‘alabaga erishdi.

Uchrashuvda jamoamiz tomonidan kiritilgan ikkala golga ham Igor Sergeyev mualliflik qildi. Bahs yakunlanishi arafasida amirlik futbolchilari penaltidan hisobni qisqartirdi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
BAA - O‘zbekiston 1:2
Gol:
Sebastyan Talyabue 90 - Igor Sergeyev 48', 86

O‘zbekiston: Abduvohid Ne’matov, Islom Qobilov, Igor Golban, IbrohimHalil Yuldashev, Murod Xolmuhammedov (Farruh Sayfiyev, 73), Odil Hamrobekov, Aziz G‘aniyev, Otabek Shukurov (Akmal Mozgovoy, 90), Azizbek Turg‘unboyev (Dostonbek Hamdamov, 53), Hojimat Erkinov (Jaloliddin Masharipov, 61), Igor Sergeyev (Shahzodbek Ubaydullayev, 87).

BAA: Xolid Issa, Faris Juma (Ismoil Ahmad, 75), Muhammad Marzuq, Abdulaziz Haykal, Yussuf Jobir (Salim Rashid, 58), Hamis Ismoil, Ahmad Barman (Muhammad al-Attas, 58), Ibrohim Halil (Xolid Bavazir, 24), Xalfan Muborak (G‘arib Abdulloh, 67), Sebastyan Talyabue, Fabio de Lima (Hamdam, 81)

Ogohlantirish: Murod Xolmuhammedov (31), Hamis Ismoil (80), IbrohimHalil Yuldashev (90).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)