11:00 / 14.10.2020
2 984

Shomurodov uni "Shtutgart"ga qo‘yib yubormagan "Rostov"dan nega ranjimagan?

Shomurodov uni "Shtutgart"ga qo‘yib yubormagan "Rostov"dan nega ranjimagan?
Sports.ru saytida “Rostov”dan “Jenoa”ga ko‘chib o‘tgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov haqida maqola e’lon qilindi. Biz esa ushbu maqolaning eng qiziqarli joylarini siz aziz muxlislar e’tiboriga havola etishga qaror qildik.

Eldorning agenti Qahhor Mo‘minov aytgan so‘zlarga ko‘ra, 2019 yilda “Shtutgart” Shomurodov uchun 8 mln yevro taklif qilgan. Ammo “Rostov” bu taklifni rad etgan.

Biz 2019 yil yozini va 2020 yil qishini “Rostov”ga berdik, chunki ular bir paytlar RPLning boshqa klublari Eldorni rad etganda unga ishonch bildirgan. Biz “Rostov”dan Yevropaga ko‘chish istagimizni hech qachon yashirmaganmiz, ammo buni o‘z vaqtida bajarish kerak edi”, - dedi agent.

Qahhor Mo‘minovning so‘zlariga ko‘ra, Shomurodovga 2019 yilning avgustida SSKAdan ham taklif bo‘lgan. Ammo ular Eldorni Yevropada o‘ynash maqsadi borligi tufayli bu taklifga rad javobini bergan.

Rossiyaning kuchliroq klubiga o‘tish, bu yerda 2-3 yilni sarflashni anglatadi. 28 yoshda esa Yevropadan munosib takliflar bo‘lmasligi mumkin. Osiyo ham yaxshi variant emas, u yerga istalgan paytda ketish mumkin. Agar biz hozir bosh maqsadimizdan voz kechsak, keyin barchamiz bundan afsuslanamiz”, - deb o‘sha paytlarni xotirlaydi Qahhor Mo‘minov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodov uni "Shtutgart"ga qo‘yib yubormagan "Rostov"dan nega ranjimagan?