14:28 / 14.10.2020
6 007

"Jenoa"da Eldorga 2 ta ayol yordam beradi. Ularning biri koreys

"Jenoa"da Eldorga 2 ta ayol yordam beradi. Ularning biri koreys
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov yaqinda “Rostov”dan “Jenoa”ga ko‘chib o‘tdi. Albatta, Yevropa futbolida til bilish muhim jihatlardan biri hisoblanadi. Eldor “Rostov”da o‘ynab yurgan chog‘larida Yevropaga ketishga tayyorlandi va buning uchun rus tilida ravon gapirishni hamda ingliz tilini o‘rgandi. Ammo A Seriya klubiga o‘tgach, endi unga italyan tilini bilish ham talab etiladi.

Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, “Jenoa”da Italiyada rus oilasida tug‘ilgan Viktoriya ismli ayol faoliyat yuritadi. Bundan tashqari, genuyaliklar o‘zbek, rus va italyan tilini yaxshi biladigan koreys qizni ham topdi. Ular Eldorning yangi muhitga moslashib olishiga ko‘maklashadi.

Shomurodov yangi jamoasida tezroq porlashi uchun italyan tilini ham o‘rganadi. Unga allaqachon rus tilida gapiradigan o‘qituvchi ham topib qo‘yishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Jenoa"da Eldorga 2 ta ayol yordam beradi. Ularning biri koreys