09:54 / 19.10.2020
2 308

Boksda yangi vazn toifasi paydo bo‘ladi

Boksda yangi vazn toifasi paydo bo‘ladi
Butunjahon boks kengashi (WBC) yangi vazn toifasi – superkruzer kiritilishini e’lon qildi. Yangi vazn toifasi og‘ir va o‘ta og‘ir vazn toifalari orasida joylashadi.

Noyabrdan WBC’da joriy qilinadigan ushbu vazn toifasi yuqori chegarasi 101,6 kg bilan cheklanadi. Bunda og‘ir vazn toifasi chegarasi 86,2 kggacha tushiriladi. O‘ta og‘ir vazn toifasida esa 101 kgdan yuqoriroq vaznga ega bokschilar ishtirok etadi.

WBC prezidenti Maurisio Suleymanning ta’kidlashicha, boks tashkilotida ushbu tuzatmalar uchun ovoz berildi.

WBC’da yangi vazn toifalari kiritish bir necha oydan beri muhokama qilinib kelmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Boksda yangi vazn toifasi paydo bo‘ladi