07:00 / 22.10.2020
2 044

Italiyalik jurnalist: Eldor A Seriyada gollar ura boshlasa, yana nimalar ro‘y berishi mumkin?

Italiyalik jurnalist: Eldor A Seriyada gollar ura boshlasa, yana nimalar ro‘y berishi mumkin?
Italiyaning mashhur nashrlaridan biri “Salciomercato” hamyurtimiz Eldor Shomurodovning “Jenoa”ga o‘tishi O‘zbekistonda ushbu klubning ko‘plab yangi muxlislari paydo bo‘lganini yozdi.

- Eldor Shomurodov Italiyaning eng ko‘hna klublaridan biri safiga o‘tganidan so‘ng, O‘zbekiston va Markaziy Osiyodan muxlislar Yevropaning kuchli beshlikdagi yagona vakili to‘p tepayotgan “Jenoa”ga qiziqa boshladi. Bu transfer buyuk ipak yo‘li mamlakatlarida katta qiziqish uyg‘otdi.

“Jenoa”ning 61-raqamli minglab qizil-ko‘k liboslari so‘nggi 10 kun ichida Toshkent va Samarqandda sotilib, Genuya klubiga bo‘lgan qiziqish yana uyg‘ondi. Yana deyilishi bejizga emas, 15 yil avval Ilyos Zeytullayev “Jenoa”dagi Temuriylar mamlakatidan kelgan ilk futbolchi bo‘lgandi.

Muxlislar faqat internet magazinlar emas, “Jenoa”ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ham o‘zbekistonlik muxlislar Shomurodovni qo‘llab-quvvatlashmoqda.

Endi tasavvur qiling, Eldor A Seriyada gollar ura boshlasa, yana nimalar ro‘y berishi mumkin?
, - deya yozgan jurnalist Marko Tripodi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)