17:01 / 23.10.2020
2 001

Lionel Messi: Ronaldu bo‘lgan vaqtlari «El-Klasiko»lar ham o‘zgacha o‘tardi

Lionel Messi: Ronaldu bo‘lgan vaqtlari «El-Klasiko»lar ham o‘zgacha o‘tardi
Foto: La Liga
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi «Real»ga qarshi bahs oldidan avvalgi o‘yinlar, shuningdek, Krishtianu Ronaldu haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.

- "Ronaldu bilan qarama-qarshiliklar o‘zgacha bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. U juda uzoq vaqt davom etdi. Yuqori darajani esa uzoq yillar davomida saqlab turish oson ish emas. Ronaldu bilan o‘rtamizdagi duel shaxsiy tarafdan qaraganda ham juda yaxshi bo‘lgan hamda bu odamlarga ham yoqqan deb o‘ylayman. «Real», «Barselona» va umuman futbol ixlosmandlari qoyilmaqom tomosha guvohiga aylandi. Ularga yanada ko‘proq his-tuyg‘ularni hadya etishga umid qilamiz.

Krishtianu «Real»da bo‘lgan vaqtlari «El-Klasiko»larning o‘zgacha o‘tgani hammaga ma’lum. Bu o‘yinlar boshqacha xarakterli edi, ammo Krishtianu maydonda bo‘lganda uning ahamiyati yana ham ortardi. Biroq endi bularning bari ortda qoldi. Biz endi sabrsizlik bilan yangi chaqiruvlarni kutyapmiz. Chorshanba kuni muammo yuz berishi mumkin. Lekin biz Krishtianuning koronavirusdan tuzalib, ushbu bahsda maydonga tushishini umid qilamiz
", -deydi Lionel Messi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ronalduning o‘yinga 24 soat qolganida koronavirus testidan muvaffaqiyatli o‘ta olsa, «Barselona»ga qarshi uchrashuvda qatnashish huquqiga ega bo‘lishi haqida xabar qilingandi.

Ma’lumot uchun, «Barselona» 24 oktabr, shanba kuni La Liga doirasida «Real»ga qarshi bahs olib boradi. 28 oktabr, chorshanba kuni esa Turinda «Yuventus»ga qarshi maydonga tushadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lionel Messi: Ronaldu bo‘lgan vaqtlari «El-Klasiko»lar ham o‘zgacha o‘tardi