18:22 / 24.10.2020
2 768

Hamzat Chimayev: «Habib amallaydi, imkoniyatlar — 70:30»

Hamzat Chimayev: «Habib amallaydi, imkoniyatlar — 70:30»
Foto: Yandex Photos
Shvetsiyalik yakkakurashchi Hamzat Chimayev yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovning Jastin Getjiga qarshi jangidagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

«O‘ylashimcha, Habib jangni o‘z foydasiga hal qiladi. Sababi u juda kuchli, chidamli va kuchli xarakterga ega. Getjining xarakteri ham yomon emas. Habib amallaydi. Imkoniyatlar Habib foydasiga 70 ga 30.

Getji unga kuchli zarba yo‘llashi mumkin. Faqat shu yo‘l bilan g‘alaba qozonishi mumkin, xolos. O‘ylashimcha, u bunday kurashchilar bilan hali to‘qnash kelmagan
», — deydi Chimayev.

24 oktabr, shanba kuni BAAdagi «Jangchilar oroli»da UFC 254 musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Kechaning asosiy jangi Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘rtasida kechadi.

Musobaqa Toshkent vaqti bilan 19:30 da boshlanadi. Asosiy janglar 23:00 dan boshlanishi rejalashtirilgan.
Qayd etish joiz, UFC 254 musobaqasining asosiy kardida o‘zbekistonlik Liliya Shokirova ham ishtirok etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hamzat Chimayev: «Habib amallaydi, imkoniyatlar — 70:30»