07:34 / 26.10.2020
2 123

Formula-1: Hemilton afsonaviy Shumaxer rekordini yangiladi

Formula-1: Hemilton afsonaviy Shumaxer rekordini yangiladi
Foto: Getty Images
“Formula-1” poygasining Portugaliyada o‘tgan bosqichida Mercedes a’zosi Lyuis Hemilton g‘alaba qozondi. U bu g‘alabasi evaziga afsonaviy nemis poygachisi Mixael Shumaxerning rekordini yangilashga muvaffaq bo‘ldi.

Finishga ikkinchi bo‘lib Mercedes’ning yana bir a’zosi Valtteri Bottas, uchinchi bo‘lib Red Bull vakili Maks Ferstappen yetib kelgan.
Bu g‘alaba Hemilton uchun faoliyatidagi 92-g‘alaba bo‘ldi. Bu “Formula-1” uchun yangi rekord hisoblanadi. Avvalgi rekord natija Shumaxerga tegishli bo‘lgan va uning hisobida 91 ta g‘alaba bor.

35 yoshli Hemilton ilk g‘alabasini 2007 yilda Kanada gran-prisida qo‘lga kiritgan. 51 yoshli “Shumi” esa birinchi g‘alabasiga 1992 yilda Belgiya bosqichida, oxirgisiga esa 2006 yilda Xitoy bosqichida erishgan.

Ayni vaqtda Hemilton poygada peshqadamlikni saqlab qolmoqda va 7-chempionlik unvoni uchun olg‘a qadam bosmoqda. Agar u mavsumda g‘alaba qozongudek, bo‘lsa, chempionlik unvoni soni bo‘yicha nemis poygachisi bilan tenglashib oladi.

Poyganing keyingi bosqichi - Emiliya-Romanya gran-prisi Italiyada 30 oktabr-1 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Formula-1: Hemilton afsonaviy Shumaxer rekordini yangiladi