09:16 / 26.10.2020
2 459

Tayson Fyurining navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Tayson Fyurining navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi
Foto: EPA
Professional boksning superog‘ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Tayson Fyuri (31-0-1, 21 KO) o‘zining navbatdagi jangini 5 dekabr kuni o‘tkazadi. Jang Londonda o‘tkaziladi. Bu haqida bokschining o‘zi Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.

«Katta e’lon: Lo‘lilar qiroli Birlashgan Qirollikka qaytmoqda. London, 5 dekabr. Raqib nomini biroz keyinroq e’lon qilamiz. Hammasidan ham yaxshiroq qila oladigan ishimni qilish uchun ringga qaytishni sabrsizlik bilan kutyapman», — deya yozdi Tayson Fyuri.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Fyuriga kanadalik Saymon Kin (19-1, 18 KO) raqiblik qilishi kutilmoqda. Avvalroq Fyuri Deontey Uaylderga qarshi uchinchi jangdan voz kechgandi.

Taysonning promouteri Bob Arum Fyuri va Uaylder ishtirokidagi jangni dekabr oyida o‘tkazishning iloji yo‘qligini, Fyuri bu oyda jang qilishni istasa boshqa raqib topish zarurligini aytgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tayson Fyurining navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi