12:57 / 26.10.2020
2 943

Habib Nurmagomedovning jangidan so‘ng uning azaliy raqibi Konor Makgregor nimalar dedi?

Habib Nurmagomedovning jangidan so‘ng uning azaliy raqibi Konor Makgregor nimalar dedi?
Abu-Dabida tashkil etilgan "UFC 254" musobaqasining markaziy jangida Habib Nurmagomedov amerikalik Jastin Getji bilan jang o‘tkazdi.
Jangning ikkinchi raundida Habib Nurmagomedov bo‘g‘ish usuli bilan raqibini taslim etdi. G‘alabadan so‘ng, Nurmagomedov faoliyatini yakunlaganligini rasman e’lon qildi.

Ushbu jangdan keyin Nurmagomedovning eng ashaddiy raqibi Konor Makgregor tvitterdagi o‘zining sahifasida iliq fikrlarni bildirdi.
Nurmagomedovning faoliyatidagi eng ashaddiy raqibi Konor Makgregor ham bugungi jangning emotsional yakunidan ta’sirlangan shekilli. Yaxshi gaplar yozibdi.

- Yaxshi ishtirok, Habib. Yana bir bor senga hurmat bildiraman va otangning vafoti yuzasidan hamdardman. Senga va butun oila a’zolaringa. Hurmat bilan, Makgregorlar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Habib Nurmagomedovning jangidan so‘ng uning azaliy raqibi Konor Makgregor nimalar dedi?