19:53 / 27.10.2020
2 156

"Navbahor" 11 o‘yinlik g‘alabasiz seriyaga "Bunyodkor" bilan o‘yinda barham berdi

"Navbahor" 11 o‘yinlik g‘alabasiz seriyaga "Bunyodkor" bilan o‘yinda barham berdi
Coca Cola Superligasi 21-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Bunyodkor" uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab, 31-daqiqada Azizbek Turg‘unboyev hisobni ochgan bo‘lsa, bo‘lim so‘ngida Xurshid G‘iyosov o‘zi ishlab olgan penaltini golga aylantirdi. Ikkinchi taymda biroz faollikni oshirgan mehmonlar Ruslan Bolovning aniq zarbasi evaziga tarozi pallalarini o‘zlari tomonga og‘dirdi.

"Navbahor" – "Bunyodkor" - 2:1
Gollar:
Azizbek Turg‘unboyev 31, - 1:0 (Mirzohid G‘ofurov). Xurshid G‘iyosov 45 penalti, - 1:1. Ruslan Bolov 56, - 2:1 (Igor Golban)

"Navbahor": 1.O‘tkir Yusupov, 4.Ehsoni Panshanbe (5.G‘iyosjon Komilov, 85), 8.Javlon Ibrohimov, 9.Ivan Solovyov (95.Zabihillo O‘rinboyev, 85), 10.Azizbek Turg‘unboyev (70.Abbosjon G‘ulomov, 79), 19.Mirzohid G‘ofurov, 20.Davron Hoshimov, 22.Igor Golban, 27.Islom Rashidxonov (18.Sardor Telyakov, 46), 28.Xurshidbek Muxtorov, 88.Ruslan Bolov (25.Shohruh Mahmudhojiyev, 69).
Zaxira: 13.Islomjon Abdullaxonov, 11.Islombek Isoqjonov, 33.Tohirjon Shamsitdinov.

"Bunyodkor": 71.Sarvar Karimov, 3.Islom Qobilov, 5.Ibrohimhalil Yuldashev, 10.Xurshid G‘iyosov, 11.Rasul Yo‘ldoshev, 13.Lutfulla To‘rayev, 17.Sanjar Qodirqulov (34.Suhrob Izzatov, 73), 19.Nurillo To‘xtasinov, 30.Abdulla Abdullayev (4.Davronjon Ergashev, 60), 37.Muhammadodil Qahramonov (7.Dilshodbek Ahmadaliyev, 60), 90.Shahboz Erkinov (49.Farrux Ikromov, 73).
Zaxira: 1.Abdumavlon Abdujalilov, 14.Mirjahon Mirahmadov, 26.Ulug‘bek Abdullayev, 48.Valeriy Akopov, 77.Selim Nurmuradov.

Ogohlantirishlar: Mirzohid G‘ofurov 35, Davron Hoshimov 51, Ehsoni Panshanbe 64, Dilshod Ahmadaliyev 64, Ivan Solovyov 64, Davronjon Ergashev 67, Shohruh Mahmudhojiyev 77, Javlon Ibrohimov 90+4.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Navbahor" 11 o‘yinlik g‘alabasiz seriyaga "Bunyodkor" bilan o‘yinda barham berdi