07:35 / 29.10.2020
1 752

Ronaldu koronavirus testini bema’nilikka chiqardi

Ronaldu koronavirus testini bema’nilikka chiqardi
Foto: «Twitter.com»
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu bugun, ya’ni 28 oktabr kuni koronavirusga PZR-testni bema’nilik ekanligini aytdi.
Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida COVID-19ni yuqtirib olgandi: 13 oktabr kuni 35 yoshli hujumchida test natijalari musbat chiqqanligi ma’lum bo‘ldi.

27 oktabr kuni «Football Italia» portalida Ronalduning koronavirusga topshirgan test natijalari yana musbat chiqqanligi hamda Turinda Chempionlar ligasi doirasida «Barselona» bilan bo‘ladigan uchrashuvni o‘tkazib yuborishi haqidagi xabarlar paydo bo‘ldi.

«O‘zimni yaxshi va sog‘lom his qilyapman. «Yuventus» olg‘a! PZR — bu butunlay bema’nilik», — deb yozgan Ronaldu «Instagram»dagi akkauntida.

Koronavirus tufayli Ronaldu Chempionlar ligasining dastlabki bosqichida Kiyevning «Dinamo» jamoasiga qarshi o‘yinni (Turin jamoasi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi) hamda Italiya chempionatida ikkita uchrashuvni o‘tkazib yubordi. Shuningdek, futbolchi karantin tartibini buzganlikda gumon qilinmoqda.

Turinning «Yuventus» klubi rasmiy saytining xabariga ko‘ra, portugaliyalik hujumchi Chempionlar ligasi guruh bosqichining ikkinchi turi doirasida «Barselona»ga qarshi kechadigan o‘yinda «Yuventus» qaydnomasiga kiritilmadi.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuv Toshkent vaqti bilan 28 oktabrdan 29 oktabrgacha o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu koronavirus testini bema’nilikka chiqardi