09:18 / 31.10.2020
1 884

Murabbiy O‘runovning yulduz darajasiga yetishiga ishonmoqda

Murabbiy O‘runovning yulduz darajasiga yetishiga ishonmoqda
“Ufa”ning sobiq bosh murabbiyi Vadim Yevseyev YouTube kanalidagi “Komment shou” ko‘rsatuvida “Spartak”ga ko‘chib o‘tgan Oston O‘runov haqida iliq fikrlarini bildirdi. Jurnalistlar taniqli mutaxassisdan O‘runovning kuchli tomonlari va nega “Spartak”da o‘zini ko‘rsata olmayotganini so‘radi.

- Chunki “Ufa” bu “Ufa”, “Spartak” esa “Spartak”. Ostonga vaqt kerak. Uning kuchli tomoni tezkorligi va driblingida. Salohiyati juda kuchli. SSKA yarim himoyachisi Nikola Vlashich darajasiga yetishi kerak.

- Vlashich darajasiga chiqa oladimi?
- Albatta. Unga vaqt va ko‘proq o‘yin amaliyoti berish kerak.

Ta’kidlash joizki, SSKA yulduzi Nikola Vlashich joriy mavsumda premer-ligada o‘nta uchrashuvda raqiblar darvozasini olti marotaba ishg‘ol qildi. Xorvatiya terma jamoasi safida xalqaro maydondagi bellashuvlarda ham muvaffaqiyatli o‘yin ko‘rsatayotgan yarim himoyachini grand klublar nishonga olgan.

Oston O‘runov “Spartak” tarkibida premer-liga va mamlakat kubogida jami oltita o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va ikki marta ogohlantirish oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Murabbiy O‘runovning yulduz darajasiga yetishiga ishonmoqda