13:10 / 01.11.2020
1 950

Boks. Oleksandr Usik 12 raund davom etgan jangda Derek Chisorani mag‘lub etdi

Boks. Oleksandr Usik 12 raund davom etgan jangda Derek Chisorani mag‘lub etdi
Foto: Twitter
Toshkent vaqti bilan 1 noyabr tongida Londondagi «Uembli» stadionida professional boks kechasi o‘tkazildi.
Musobaqaning asosiy jangi super og‘ir vazn toifasi vakillari Oleksandr Usik (18-0, 13 KO) va Derek Chisora (32-10, 23 KO) o‘rtasida kechdi.

Jangning dastlabki raundlari Chisoraning faolligida o‘tdi. Derek asosan kuchli zarbalarga e’tibor qaratgan bo‘lsa, ukrainalik bokschi aniqlikka ishladi. Usik jang o‘rtalariga kelib tashabbusni o‘z qo‘liga oldi va bir nechta zarbalar seriyasini amalga oshirdi.

12 raund davom etgan jangda hakamlar bir ovozdan Usikni g‘olib deb topdi: 117-112, 115-113, 115-113.

Shu tariqa Oleksandr Usik og‘ir vazn toifasida WBO kamari uchun majburiy da’vogarga aylandi.
Mazkur kamarga britaniyalik bokschi Entoni Joshua egalik qiladi. Joshua 12 dekabr kuni Kubrat Pulevga qarshi jang qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Boks. Oleksandr Usik 12 raund davom etgan jangda Derek Chisorani mag‘lub etdi