15:50 / 01.11.2020
2 978

“Shaxtyor” bosh murabbiyi xet-trikka erishgan Yaxshiboyev o‘yinidan nega qoniqmayapti?

“Shaxtyor” bosh murabbiyi xet-trikka erishgan Yaxshiboyev o‘yinidan nega qoniqmayapti?
Belarus chempionatining navbatdagi uchrashuvida “Shaxtyor”ning o‘zbekistonlik legioneri Jasur Yaxshiboyev “Belgina” darvozasiga uchta gol urib, jamoasining 5:1 hisobidagi g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi. “Shaxtyor” bosh murabbiyi Roman Grigorchuk ushbu uchrashuv haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Hozir biz uchun eng asosiy narsa bu g‘alaba. Hozirgi sharoitimizdan kelib chiqib, ochko yo‘qotishga haqqimiz yo‘q. Yirik hisobdagi g‘alabaga qaramay, kuchaytirishimiz kerak bo‘lgan jihatlar bor. Gol o‘tkazganimiz yoqmadi. Shogirdlarim g‘alaba qozonayotgan paytda bo‘shashishini yoqtirmayman. Jamoa oxirigacha ayovsiz o‘ynashi kerak.

Qolaversa, birinchi bo‘limda o‘yinimiz o‘xshamadi. Hujumchilarimiz raqib darvozasi oldida yetarli darajada bosim uyushtira olmadi. Yaxshiboyev o‘yinning ikkinchi yarmida uchta gol urdi. Bu hujumchi uchun yaxshi ko‘rsatkich. Lekin Jasur hali ko‘p mehnat qilishi kerak. Chunki u hali ham o‘z salohiyatini ishga solgani yo‘q, - dedi Roman Grigorchuk.

“Shaxtyor” keyingi turda o‘z maydonida musobaqa peshqadami BATEni qabul qiladi. Uchrashuv 7 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Shaxtyor” bosh murabbiyi xet-trikka erishgan Yaxshiboyev o‘yinidan nega qoniqmayapti?