11:20 / 02.11.2020
2 194

Habib Nurmagomedovning ustozi Xaver Mendes Toshkentga keldi

Habib Nurmagomedovning ustozi Xaver Mendes Toshkentga keldi
Aralash jang san’atlari bo‘yicha UFC’ning yengil vazn toifasidagi chempioni Habib Nurmagomedovning ustozi Xaver Mendes 1 noyabr, yakshanba kuni Toshkentda o‘zbekistonlik sportchilar uchun master-klass o‘tkazdi. Bu haqida O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi ma’lum qildi.

Foto: O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi
Xaver Mendes Toshkentdagi sport klubida bo‘lib, u yerda taekvondo, dzyudo va boks bilan shug‘ullanuvchi o‘zbekistonlik sportchilar va ularning murabbiylari bilan uchrashgan. Mendes va sportchilar o‘rtasidagi suhbat ikki soatdan ortiq davom etgan.

Foto: O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi
Shundan so‘ng taniqli murabbiy ishtirokida sportchilar uchun master-klass o‘tkazilgan.

Foto: O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi
MMA assotsiyasining ta’kidlashicha, O‘zbekistonga Xaver Mendes kabi taniqli xalqaro toifadagi murabbiylarning tashrifi davom etadi.

Ma’lumot uchun, Xaver Mendes AKA sport zali (American Kickboxing Academy) asoschisi hisoblanadi. Ushbu maskanda Xaver Mendes va uning hamkasblari o‘z shogirdlarini turli musobaqalarga tayyorlab keladi. Mendesning shogirdlaridan Habib Nurmagomedov, Daniel Korme, Lyuk Rokhold, Keyn Velaskes, Frenk Shemrok kabi jangchilar UFC promoushenida chempionlikka erishgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda MMA assotsiatsiyasi 2019 yil noyabrida tashkil etilgandi. Uning ilk rahbari esa Otabek Umarov bo‘lgandi. 2020 yil 14 sentabrida esa Umarovning ishdan ketganligi haqida xabar berilgandi. MMA assotsiatsiyasining ayni damdagi rahbari Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Habib Nurmagomedovning ustozi Xaver Mendes Toshkentga keldi