08:10 / 03.11.2020
2 567

Poyezdda janjal ko‘targan chempion raqibini komaga tushirib qo‘ydi

Poyezdda janjal ko‘targan chempion raqibini komaga tushirib qo‘ydi
Rossiyada kutilmagan noxush hodisa yuz berdi. O‘z vaqtida Yevropa chempionatida g‘olib va sovrindor bo‘lgan bokschi Nikita Ivanov Ulyanovskdagi musobaqadan qaytishda poyezdda janjal ko‘tardi.

Spirtli ichimlik ta’sirida u boshqa bokschi – Basir Mirsiyabov bilan janjallashib qoladi. Nikita raqibiga bir necha kuchli zarba berib, uni nokautga uchratadi. Og‘ir zarbalardan qattiq jarohat olgan Basir xushidan ketadi. Ayni paytda koma tushib qolgan bokschi sun’iy nafas berish apparatiga ulangan va shifokorlar uning hayoti uchun kurashmoqda.

Huquq tartibot organlari xodimlari mast bokschini qo‘lga olgan va ayni paytda tergov-surishtiruv ishlari boshlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Poyezdda janjal ko‘targan chempion raqibini komaga tushirib qo‘ydi