19:33 / 03.11.2020
2 702

Keyingi yil Superligada 16 ta jamoa bo‘ladimi? - Diyor Imomxo‘jayev javob berdi

Keyingi yil Superligada 16 ta jamoa bo‘ladimi? - Diyor Imomxo‘jayev javob berdi
Oxirgi paytlarda Superliganing keyingi mavsumida 16 jamoa ishtirok etishi borasida gap-so‘zlar ko‘paydi. Bunga oydinlik kiritish maqsadida PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev telegramdagi sahifasida o‘z fikrlarini bildirdi.

- "Aral" futbol klubi haqida gap-so‘zlar ko‘paygach, ayrim hamkasblarimiz Superliga klublari sonining 16 taga yetkazilishi borasida bamaylixotir muloqotlar, chiqishlar qilishni boshlashdi.

Ertaga bu jarayon haqiqatga aylansa, aynan shular vaziyatni tanqid qilishga o‘tishlari katta ehtimol. Shunday ekan, kech bo‘lganida tanqid qilguncha, avvaldan bu kabi ishlarning oldini olish uchun intilgan to‘g‘riroq. Biz Prezidentning Qoraqalpog‘istonda futbolni rivojlantirish borasidagi fikrlarini to‘la qo‘llab-quvvatlaymiz va bu boradagi pozitsiyamizni mana shu nuqtada bayon qilganmiz.

Biz sport prinsiplariga sun’iy tashqi ta’sirlar aralashuviga yo‘l qo‘yib berar ekanmiz, porloq kelajak haqida so‘z qotishimiz mumkin emas. Oddiy misol — "Surxon" futbol klubining Superligaga qaytarilishi. Sizni ishontirib aytamanki, bundan na biz va na Surxondaryo futboli yutdi. Chunki bu klub biror bir surxondaryolik bolakay katta futbolgacha emin-erkin qadam qo‘yib kelishi uchun amalda hech bir ish qilgani yo‘q.

O‘rtoqlar, bizni FIFA, OFK kabi xalqaro tashkilotlar kuzatib boradi. Bas shunday ekan, biror klubni ikki liga sakratib, elitaga olib chiqishimiz hech qachon oqlanadigan ish bo‘lmaydi. Biz Prezident aytgan so‘zlarni to‘g‘ri talqin qilishimiz, jamoalarni birinchi navbatda litsenziyalash talablariga tayyorlab borishimiz eng to‘g‘ri yo‘l bo‘ladi. Umid qilamizki, kelasi mavsum Pro ligamiz Aral jamoasi bilan to‘ldiriladi hamda biz futbolni rivojlantirish strategiyasi doirasida mana shu klub bilan birga ishlash imkoniyatiga ega bo‘lamiz, - dedi Diyor Imomxo‘jayev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Keyingi yil Superligada 16 ta jamoa bo‘ladimi? - Diyor Imomxo‘jayev javob berdi