10:39 / 04.11.2020
3 707

“Real” supertransferga tayyorlanmoqda

“Real” supertransferga tayyorlanmoqda
“Real” rahbariyati PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni qo‘lga kiritish uchun jamoaning ayrim futbolchilaridan voz kechishga tayyor.
“Qirollik klubi” bu transferga yetarli mablag‘ jamg‘arish maqsadida klubning katta maosh olayotgan yetakchi va tajribali o‘yinchilarini sotib yuborishni rejalashtirmoqda.

Xususan, madridliklar klubning eng zo‘r to‘purarlaridan Karim Benzema, “Oltin to‘p” sohibi Luka Modrich va braziliyalik tajribali himoyachi Marselo bilan xayrlashadigan bo‘lib turibdi.

Bu futbolchilar orasida Karim o‘z o‘rnini hamyurtiga bo‘shatib berishga roziligi aytgan. Marselo esa AQSHga ketishni mo‘ljallayapti. Luka Modrich esa, ommaviy axborot vositalariga faoliyatini “Real”da yakunlashni orzu qilishini bildirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Real” supertransferga tayyorlanmoqda