21:10 / 07.11.2020
1 692

Nodirjon Mirzahmedov: Uyimda mashg‘ulot o‘tkazishga majbur bo‘ldim

Nodirjon Mirzahmedov: Uyimda mashg‘ulot o‘tkazishga majbur bo‘ldim
Boks bo‘yicha, -49 kg vazn toifasida barcha raqiblaridan ustun kelgan, O‘zbekiston chempioni Nodirjon Mirzahmedov jangdan keyin o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi:

"Ushbu jangdan juda katta taassurot oldim. O‘z vazn toifamdagi birinchi raqamli raqib bilan jang olib bordim. U menga yaxshi qarshilik ko‘rsatganiga qaramay, ustozlarimning maslahatlari natijasida g‘alaba qozondim.

Yuzaga kelgan karantin bizga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Murabbiylarimning ko‘rsatmasiga amal qilib, o‘z uyimda mashg‘ulot o‘tkazishga majbur bo‘ldim. Muhimi, karantin yengillashtirildi va o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari tashkillashtirildi. Bu narsa menga juda qo‘l keldi.

Oldimizda turgan Jahon va Osiyo chempionatlari, Olimpiya o‘yinlariga yaxshi tayyorgarlik ko‘rib, g‘alaba bilan qaytishga harakat qilaman
".

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nodirjon Mirzahmedov: Uyimda mashg‘ulot o‘tkazishga majbur bo‘ldim